Yosh avlod – har qanday davlatning ertangi kuni va taraqqiyot garovidir. Shu boisdan ularning har tomonlama sog‘lom, barkamol va bilimli bo‘lib voyaga yetishi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, sog‘lom ovqatlanish tizimini yo‘lga qo‘yish va toza, xavfsiz muhitni shakllantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarga yaratilgan sharoitlar, bolalar salomatligini asrash, to‘g‘ri ovqatlantirish, shuningdek, sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy amal qilinishi bu boradagi islohotlarning amaliy ifodasidir.
Mazkur jarayonlarni o‘rganish maqsadida Navoiy viloyatining Karmana, Uchquduq va Konimex tumanlaridagi maktabgacha ta’lim muassasalarida jamoatchilik nazorati tartibida kuzatuv va o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganishlar davomida mavjud shart-sharoitlar, ovqatlanish sifati, xodimlar malakasi va bolalarning salomatligiga doir holatlar o‘rganilib, zarur hollarda tegishli tavsiyalar berib borilmoqda.