• asd.Ozbekiston Respublikasi Toshkent sh, Islom Karimov kochasi 65

asd.Yangiliklar

2024-07-29

Sifatsiz Planshet puli qaytarildi

Bugun yurtdoshlarimizning iste’molchi sifatida buzilgan huquqlarini tiklashga intilayotganing o‘zi katta yutuq. Navoiylik  Ismatov ana shunday insonlardan biridir.

Navoiy shahrida yashovchi J.Ismatov joriy yilning 19-iyun kunida Uzum-market ilovasi orqali 1 000 000 so‘mga xarid qilgan planshet qurulmasi nosoz ekanligi sababli planshetni qaytarib bergan bo‘lsada pullari qaytarilmayotganligidan norozi bo'lib Federatsiyaning ishonch raqamiga murojaat qoldirgan.   Ushbu murojaat Navoiy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganilib, iste’molchi to‘liq haq ekanligi aniqlandi.

Tadbirkorga jamiyat xodimlarining tushunturish ishlari olib borishi natijasida iste’molchiga pul mablag‘I  to‘liq qaytarib berildi.