• asd.Ozbekiston Respublikasi Toshkent sh, Islom Karimov kochasi 65

asd.Yangiliklar

2024-08-14

Jamoatchilik nazorati tartibida o'rganish ishlari davom etmoqada

Bugungi kunda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda asosiy e’tibor iste’molchilar huquqini himoya qilishga qaratilgan. Shunga qaramasdan noto‘g‘ri sharoitda saqlab yoki yaroqlilik muddati o‘tgan oziq ovqat mahsulotlarining realizatsiya qilinayotganligiga tez-tez duch kelamiz, ushbu turdagi sifati kafolatlanmagan  yaroqlilik muddati o‘tgan mahsulotlarni iste’mol qilish kishi sog‘lig‘iga nojuya ta’sir etmasdan qolmaydi, mana shunday holatlarning oldini olish, O‘zbekiston Respublikasi Prezdentining 2023-yil 4-apreldagi “Aholini sifatli iste’mol tovarlari bilan ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-110-son qarori, O‘zbekiston Istemolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisining 2024-yil 29-yanvardagi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Navoiy viloyati Karmana tumanida faoliyat olib borayotgan savdo do‘konlarida jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganish ishlari davom etmoqda.