Xatirchi tumani, Uyshun MFYda yashovchi fuqaro N.X. Xatirchi tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qoldiradi. Murojaat mazmuniga ko`ra fuqaro N.X. Guliston MFYda faoliyat yuritayotgan ustaxona ustasiga muzlatgichini ta`mirlash uchun 3 marotaba kelganligi, ta`mir uchun jami 1 550 00 (bir million besh yuz ellik ming) so‘m xarajat qilgan. Ammo ta`mirdan so`ng bir necha kun ichida yana nosoz ahvolga kelib qoladi. Natijada fuqaro usta xizmatidan norozi bo`lib, unga bir necha bor murojaat qiladi. Ammo usta fuqaro izohlarini e`tiborsiz qoldiradi. Shundan so`ng fuqaro o`z huquqlarining qonuniy himoyasi ta`minlanishi ilinjida tuman jamiyatiga murojaat qiladi.
Tuman jamiyati mutaxassislari mazkur holat yuzasidan o`rganish olib bordi. Natijada usta tomonidan ko`rsatilgan xizmatda ma`lum kamchiliklar aniqlandi. Muzlatgichga o`rnatilgan ayrim ehtiyot qismlar oldin ham ishlatilganligi va aslida yaroqsiz bo`lganligi o`z tasdig`ini topdi.
Holat ikki tomonga ham ochiqlandi. Va usta tomonidan ko`rsatilgan xizmat aytilganidek bo`lmaganligidan usta fuqarodan uzr so`radi. Hamda ta`mirlash uchun to`langan pul mablag`i to`liq iste`molchiga qaytarildi.