• asd.Ozbekiston Respublikasi Toshkent sh, Islom Karimov kochasi 65

asd.Yangiliklar

2025-05-05

“Iste’molchi huquqingizni bilasizmi?” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Navbahor tuman jamiyati tomonidan Navbahor tuman maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limiga qarashli 15-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti ishchi-xodimlari o‘rtasida “Iste’molchi huquqingizni bilasizmi?” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga iste’molchilarning asosiy huquqlari, ularni himoya qilish mexanizmlari, shuningdek, muammoli holatlarda murojaat etilishi mumkin bo‘lgan Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining "1091" qisqa raqamlariga yoki tuman shahar jamiyatlariga murojaat qilishlari toʻgʻrisida batafsil ma’lumot berildi. Suhbat ochiq muloqot shaklida o‘tib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar