Navoiy shahri, I.Karimov ko‘chasi 78-uyda yashovchi fuqaro M.A. tomonidan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi ishonch raqamiga qoldirilgan murojaat Navoiy shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi.
Fuqaro o‘z murojaatida Navoiy shahrida joylashgan "Ishonch" savdo majmuasidan 15 000 000 so‘mga xarid qilgan iPhone 16 Pro Max rusumli telefoni nosoz holatda ekanligini bildirgan.
Holat yuzasidan savdo do‘koni mas’ullariga iste’molchining qonuniy huquqlari batafsil tushuntirildi. Natijada, telefon rasmiy xizmat ko‘rsatish markaziga yuborilib, bepul ta’mirlab berilishi ta’minlandi