Karmana tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasidagi amaldagi qonunlar targ‘ibotini olib borish, shuningdek aholining murojaatlari bilan ishlashda o‘zaro hamkorlik qilish, ularning tezkorlik bilan hal etilishini ta'minlash ishlarini tashkil etish maqsadida Karmana tuman tibbiyot birlashmasi rahbariyati bilan muzokaralar olib borildi.
O‘tkazilgan muzokaralar davomida tuman tibbiyot birlashmasida iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatining “Tayanch guruhi”ni tashkil etish, ishchi-xodimlarni Federatsiya a'zoligiga jalb etish, targ‘ibot tadbirlarini doimiy va rejali tartibda olib borish masalalari kelishib olindi.
Tuman tibbiyot birlashmasi rahbari Sh.Rajabov hamkorlik ishlarini qo‘llab-quvvatlab, fuqarolarning muammolarini tizimli o‘rganish va ularni aniq hal etilishida samarali jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, fuqarolarning iste’mol madaniyatini oshirish yuzasidan amalga oshiriladigan barcha loyihalarda hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi.